

"Atletiko" - juda axil jamoa, ular bekorga LaLigada yetakchilik qilishmayapti. Biz YCHLda juda katta tajribaga ega bo'lgan kuchli raqibga qarshi o'ynashimizni yaxshi bilib turibmiz. Jamoa bosh murabbiyi ancha vaqtdan buyon ishlamoqda. Safarda o'ynashimizdan qati nazar chiroyli o'yin ko'rsatishimiz kerak.
Luis Suares? Uni qurolsizlantirishning yagona yo'li - darvozamiz yoniga yaqinlashtirmaslik. Buning uchun jamoaviy ishlash kerak. "Liverpul" va "Barselona"da o'ynab yurgan paytlarida unga qarshi harakat qilganman", - dedi himoyachi.



