Sesar Aspilikueta: "Kante - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi. U JCH va CHLni yutdi, ammo kamtarligicha qoldi"

Alisher
30 may 2021
"Chelsi" sardori Sesar Aspilikueta "Manchester Siti" (1:0)ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidagi g'alabadan so'ng jamoa yarim himoyachisi Ngolo Kante haqida gapirdi.

"Ha, haqiqatdan ham shunday, u dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi. U barchasini qilmoqda va katta energiya bahsh etmoqda. Uning bu o'yinda raqiblaridan necha bor to'p olib qo'yganini bilmayman. U ajoyib tarzda to'p bilan oldinga harakatlanadi va katta hududni yopadi.

U bilan yonma-yon o'ynash - ajoyib tuyg'u. Albatta, u maydonda bo'lmagan payti, bizga kerak bo'ladi. U JCHni yutgan, endi Chempionlar Ligasini ham, ammo hali ham kamtar insonligicha qolmoqda.

U uchun mamnunman. Kante - bu jamoaning katta qismi. Men u bilan bir necha yillardan buyon o'ynayotganimizdan juda ham mamnunman", - deydi ispan.


AlisherMuallif
Manba: Goal