Serxio Ramos o'ziga yangi jamoa topdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025
Jamoa klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etadi.

Yozda Serxio Ramos "Sevilya"dan ketgan va shundan buyon erkin agent edi. Manbaning xabariga ko'ra, 38 yoshli Ramos "Monterrey" safiga borib qo'shiladi. "Real Madrid" sobiq sardori Meksika klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.

Takidlash lozim, "Monterrey" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida Meksika jamoasi "River Pleyt", "Urava Red" va "Inter"ga qarshi maydonga tushadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Super Deportivo