Serxio Ramos: "Afsuski, taqdirdan qochib qutulib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
14 dek 2021
"Real"ning sobiq futbolchisi, ayni damda PSJ sharafini himoya qilayotgan himoyachi Serxio Ramos YCHL qur'asi yakunlari haqida gapirdi.

"Taqdirdan qochib bo'lmaydi. Boshqa raqib tushishini istagandim.

"Real"ni juda yaxshi ko'raman, biroq bu hech nimani o'zgartirmaydi. Jamoaning g'alabasi uchun qo'limdan kelganini qilaman. "Bernabeu"ga qaytish o'zgacha hissiyotlarni taqdim qiladi", - dedi ispaniyalik.

Ramos 2005-2021 yillar davomida "Real" tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal