Server Jeparov "Hamdo'stlik kubogi-2019" haqida: Ushbu musobaqadagi ko'plab futbolchilar terma jamoaning kengaytirilgan ro'yxatidan o'rin olishdi

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2019
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadioni akademiyasida 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida "Hamdo'stlik kubogi-2019" xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.

Hozircha turnirning ikki kuni ortda qoldi:

Bolalar futboli. Toshkentda "Hamdo'stlik kubogi-2019" xalqaro turniri start oldi

Bolalar futboli. Toshkentda "Hamdo'stlik kubogi-2019" turnirining 2-tur o'yinlari yakunlandi

E'tiborlisi, ushbu musobaqani 2006 yillarda tug'ilgan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov ham bevosita kuzatib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, saytimiz muhbiri sobiq futbolchi, bugungi kundagi murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik:

"Birinchi navbatda turnir tashkilotchilaridan biri "Spartak Toshkent" jamoasiga rahmat aytmoqchiman. Bu turnir orqali yaxshi, iqtidorli yigitalrni kuzatish mumkin. Bellashuvlarda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Odil Ahmedov FA" kabi jamoalar ham qatnashishmoqda. Bu yosh futbolchilarni saralab olish uchun juda yaxshi turnir. Bolalar yaxshi, o'zlarini ko'rsatishmoqda. Ushbu musobaqada qatnashayotgan ko'plab futbolchilar terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan o'rin olishdi. Hali ulrani musobaqa yakunigacha kuzatamiz va tahlil qilamiz. Ana shundan so'ng barchasiga aniqlik kiritiladi", - dedi Server Jeparov. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia