Sergey Lebedev Farg'ona klubida ish boshladi (Bekzod Tolibov blogi)

Оқил Абдубарноев
3 iyun 2022, 19:46
Futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Sergey Lebedev Farg'ona viloyatida ish boshladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlarlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli Farmonlari ijrosini taminlash maqsadida xududlarda bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan Farg'ona davlat universiteti qoshida "FarDU" futbol klubi tashkil etilgan bo'lib, jamoa muntazam turli musobaqalarda ishtirok etib keladi. 

Futbol jamoasi tarkibini asosan talaba yoshlar tashkil etuvchi mazkur klubga ayni kunlarda e'tibor yanada kuchaytirilmoqda. Xususan universitet rektori Bahodir Shermuhammedov tashabbusi bilan 1994-yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi" unvoni sohibi, Farg'onaning "Neftchi" klubidagi faoliyati bilan futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Sergey Lebedov jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia