Sergey Lushan: "Obod"ning 90% tarkibi bizning tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan"

Aslanov Jasurbek
19 may 2015
"Bunyodkor" - "Obod" ishtirokidagi o'yindan so'ng Sergey Lushan ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

- G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. "Obod" bilan hamkorlik qilib turamiz. Ularning 90% tarkibi bizning tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan. Shu sababli ham ular bizga qarshi ikki hissa kuch bilan harakat qildilar.Raqib bunday o'ynashini oldindan sezgandim.

Futbolchilarim jarohat olmaganidan xursandman. Barcha soppa-sog'. Chunki, bizni oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi. "Obod"ga qarshi bo'lib o'tadigan javob o'yinida ham g'alaba qozonmoqchimiz", - deydi Sergey Lushan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia