"Selta" "Barselona" yosh yulduzi bilan shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2022
"Selta" Kataloniya klubi bilan Oskar Mingesaning transferi borasida kelishib oldi.

23 yoshli futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tishi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashi kerak. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mingesa “Barselona” safida 66 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mingesa 4 yillik bitimga imzo chekishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com