Sebalos: "O'tgan yili Ramosning burnini sindirishgan edi, ammo hech kim gapirmadi"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018, 11:26
"Real" yarim himoyachisi Daniel Sebalos "Viktoriya"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida raqib burnini sindirgan Serxio Ramosni qo'llab-quvvatladi.

"Ramos kuchli shaxs, ammo u hammaga ham yoqmaydi. Unga qarshi kampaniya yuritilmayapti. Serxio raqibning burnini sindirdi, ammo bunaqasi bo'lib turadi.

O'tgan yili "Atletiko"dagilar Ramosning burnini sindirishgan, biroq hech kim bu haqida gapirmagan" - deydi Sebalos.

Joriy mavsum Ramos "Real" safida 17ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta golga mualliflik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca