Savo Miloshevich: "Tushunmayman, VAR nima uchun kerak, agar u ishlamasa"

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2018
Serbiya futbol Assotsiatsiyasi vice-prezidenti, sobiq futbolchi Savo Miloshevich JCH-2018dagi vidieotakror tizimini tanqid qildi.

"Tushunmayman, VAR nima uchun kerak, agar u ishlamasa. Bugun butun dunyo hakamning xatosini ko'rdi. VAR hakamlarning xatosini to'g'rilash uchun kerak deb o'ylayman. Demak, bizga endi monitor qarshisida o'tiradiganlarning xatolarini tuzatadigan insonlar kerakmi? Keyin butun dunyo ko'rgan narsani ilg'amaydigan 100 nafar maxsus hakam paydo bo'ladi.

Ko'rinishidan, VAR faqat tanlangan jamoalarga ishlamoqda. Ushbu Jahon chempionatida Serbiya foydasiga ikkita penalti berilmadi - ikkita o'yin va ikkita xato. Qanday qilib shunday bo'lishi mumkin? Xatolar davom etayotgan bo'lsa, unda nega bu tizim amalga tatbiq etildi? Shunchaki xatolar emas, o'yin natijasiga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir qiladigan hal qiluvchi qarorlar", - dedi Miloshevich.


Serbiya terma jamoasi kecha tunda bo'lib o'tgan JCH-2018 2-turi doirasidagi bahsda Shveytsariyaga yutqazib qo'ydi (1:2).


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: rsport.ria.ru