"Sautgempton" Uolkott bilan to'laqonli shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
18 may 2021
"Sautgempton" o'z rasmiy saytida vinger Teo Uolkott bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi.

32 yoshli futbolchi 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "avliyolar" tarkibida o'tkazib, 22 o'yinda 3 gol va 3 assist qayd etdi. Iyun oyida futbolchi erkin agent sifatida "Everton"dan kyetishi kerak edi, ammo mersisaydliklar uni ertaroq qo'yib yuborishga qaror qildi.

Shu orqali futbolchi "Sautgempton" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal