"Al Hilol" Teo uchun 20+5 mln evro taklif qildi. "Milan" 25 mln olmoqchi

Alisher Ostonov
6 iyul 2025, 21:41
"Al Hilol" Teo Ernandes uchun "Milan"ga 20+5 mln evro taklif qildi.

Avvalroq, himoyachi va Saudiya klubi 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingandi. Uning bu davrdagi maoshi 60 mln evroni tashkil etadi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klublar o'rtasida kelishuvga erishilmagan.

"Milan" futbolchi uchun bonuslardan tashqari birdaniga 25 mln evro olishni istamoqda.

"Rossonerilar" "Al Hilol"dan yakuniy taklif kutmoqda. Teoning o'ziga yana bir necha kun tatil berildi, u dushanba kuni jamoaga qaytmaydi.

Fransiyalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gazzetta.it