"Sautgempton" "Manchester Siti" futbolchisi uchun 11 million funt to'laydi

Alisher
9 iyun 2022
"Sautgempton" "Manchester Siti" darvozaboni Gevin Bazununi xarid qilishga yaqin.

Klub 11 million funt evaziga 20 yoshli irlandiyalikning transferi borasida kelishuvga erishdi, shu bilan birga ushbu mablag' darvozabonning ishtirokiga qarab 15 million funtgacha ko'tarilishi mumkin.

"Sautgempton" Bazununi klubni erkin agent maqomida tark etgan va "Tottenxem"ga yo'l olgan Freyzer Forsterning o'rinbosari bo'lishiga umid qilmoqda.

Bazunu 2021/22 yilgi mavsumni ijara asosida "Portsmut"da o'tkazdi. Darvozabon 46ta bahsda maydonga tushib, 53ta to'p o'tkazib yubordi va 17ta "quruq" o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports