“Sautgempton” “Liverpul”ning 43 million evrolik taklifini qabul qilmadi

Alisher
26 iyul 2023
“Sautgempton” yarim himoyachisi Romeo Laviani 43 million evroga sotmadi.

“Liverpul” 19 yoshli futbolchiga aynan shuncha summani taklif qildi. Jordan Xenderson va Fabinoning klubdan ketish ehtimoli yuqori bo'lganini sababli “Liverpul” Laviyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

 Chempionshipga tushib ketgan “Sautgempton” yarim himoyachisini yozda sotishga tayyor. Ular futbolchi uchun 60 million evro talab qilishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: fapl.ru