Saul: "Real" loyiq bo'lgani uchun La Ligani yutadi. VAR esa ular raqibga ko'p bosim qilishgani uchun penalti belgilaydi"

Alisher
15 iyul 2020
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges "Real"ning ehtimoliy chempionligi haqida gapirdi.

"Agar "Real" chempion bo'lsa, bunga sabab sifatida ularning bunga loyiqligini ko'rsataman. Ular juda ham yaxshi darajada o'ynashmoqda. 

Agar VAR'ni ishlatgan holda ularning foydalariga ko'p penalti belgilangan bo'lsa, bu raqibga bosim o'tkazganliklari uchundir", - deydi Saul.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca