Saudiyaning "Ar Riyod" klubi ispaniyalik hujumchini ijaraga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023, 10:21
Yana bir futbolchi Ispaniyadan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi.

"Al Riyod" klubi kecha, yakshanba kuni ispaniyalik forvard Xuanmi transferini ijobiy yakunladi.

30 yoshli futbolchi La Liganing o'tgan mavsumida 22 o'yinda 4 ta gol urishga erishgan. Takidlash lozim, hozircha futbolchi ijara huquqi asosida yangi jamoasi safiga borib qo'shiladi. Ijara muddati 2023/24-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: realbetisbalompie.es