

“Betis” - “Real Madrid” 1:1
Gollar: 17 - Vinisius Junior, 90+4 - Ektor Belerin
“Betis”: 1. Alvaro Vales, 5. Mark Bartra (3. Diego Lorente, 32’), 4. Natan, 2. Ektor Belerin, 12. Rikardo Rodriges, 14. Sofyan Amrabat (22. Isko, 73’), 8. Pablo Fornals (20. Jovani Lo Chelso, 68’), 7. Antoni, 15. Alvaro Figaldo (21. Mark Roka, 46’), 10. Abde Ezzalzuli, 11. Sedrik Bakambu (19. Kucho Ernandes, 46’).
Zaxira: 25. Pau Lopes, 16. Valentin Gomes, 6. Serxi Altmira, 18. Nelson Deossa, 17. Rodrigo Rikelme, 9. Chimi Avila, 24. Aytor Ruibal.
“Real Madrid”: 13. Andrey Lunin, 12. Trent Aleksander-Arnold, 24. Din Xeysen (4. David Alaba, 73’), 23. Ferlan Mendi, 22. Antonio Ryudiger, 8. Federiko Valverde, 5. Jud Bellingem, 45. Tyago Pitarch (6. Eduardu Kamavinga, 73’), 10. Kilian Mbappe (16. Gonsalo Garsiya, 81’), 7. Vinisius Junior, 21. Braim Dias (37. Manuel Moran, 82’).
Zaxira: 29. Xaver Navarro, 2. Daniel Karvaxal, 17. Raul Asensio, 18. Alvaro Fernandes, 20. Fransisko Garsiya, 27. Diego Aguado, 30. Franko Mastantuono, 28. Xorxe Sestero.
Ogohlantirishlar: 38 - Sofyan Amrabat, 40 - Din Xeysen, 73 - Trent Aleksander-Arnold
🕛 90+5. O'yin yakunlandi.

⚽️ 90+4. GOL! Belerin hisobni tenglashtirdi! Jarima maydonchasida himoyachilardan qaytgan to'pni Ektor darvozaga yo'lladi va gol urdi!
90+1. Kamavinganing zarbasi raqib himoyachilaridan o'tmadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi
86. Vinisius jarima maydonchasiga yorib kirib, zarba berdi, ammo juda kuchsiz chiqdi zarba, darvozabon ushlab oldi.
84. Antonining zarbasi noaniq bo'ldi.
79. Valverdening zarbasi aniq, ammo kuchsiz bo'ldi.
74. Natanning zarbasi rekoshetga uchrab maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Anchagina xavfli edi…
70. Mbappening zarbasini Vales qaytardi!
66. Yana va yana Lunin! Pitarch xato qilib to'pni oldirdi, natijada Kucho darvozaga zarba berdi, Lunindan super seyv!
65. Ez Abdening zarbasi ancha noaniq bo'ldi.
63. Tobora golga yaqin kelyapmiz, ikki jamoa ham urishi mumkin, har ikkisida ham hujumlar xavfli tus olmoqda.
62. Fornals jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo yakuniy zarbani bera olmadi.
58. Vinisius Braimni yaxshi tarzda to'p bilan taminlagandi, biroq marokashlik futbolchi to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi, yo'qsa, xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi.

54. GOL! Trentning ajoyib uzatmasini Kilian super tarzda darvozaga yo'llab, gol urgandi. Biroq bu vaziyatda fransiyalik hujumchi offsayd qolib ketgan ekan.
53. Xeyson havoaltib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon ushlab oldi.
51. Bo'lim dastlabkisining yakuni kabi yuqori tempda boshlanmadi. Ammo “Real” ustunlikni olib, hujumlar uyushtirmoqda.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+4. Yana “Betis” oldinga o'tmoqda! Fornalsning zarbasi aniq bo'lmadi…
45+3. Amrabat tepgan to'p anchagina noaniq bo'ldi.
45+1. Dahshat vaziyatlar! Dastlab Bakambu birga-bir vaziyatga chiqdi, Lunin aldanmadi. Ikkinchi tempda davom etgan hujum yakunida Antoni zarba berdi, yana Andrey super seyv ko'rsatdi!
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
45. Bu safargi zarba Figaldodan! Alvaro tepgan to'p noaniq ketdi.
44. Lunin!!! Antonining ajoyib zarbasini ukrainalik posbon qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutardi…
34. Mbappening uzatmasini Jud darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni qaytarib yubordi.
33. Ezzapzulining uzatmasini Bakambu darvozaga yo'lladi, ammo aniq emas.
📊 32. “Barselona”ning “afsonaviy” futbolchisi Mark Bartra jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
28. Antonining uzoq masofadan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
20. Yana “Real” oldinga o'tmoqda, ammo jamoaning bog'lamlari ishlamayapti, futbolchilar uzatmalarda xatoga yo'l qo'ymoqda.
18. Qariyb 20 daqiqa davomida aytarli xavfli vaziyat ko'rmagandik va birinchi golni mehmonlar urishdi. Xo'sh, buyog'iga maydon egalari qanday javob beradi?!

⚽️ 17. GOL! Vinisius hisobni ochdi! Valverdening uzoq masofadan bergan zarbasini “Betif” darvozaboni qaytardi, so'ng Vini to'pga birinchi yetib kelib zarba berdi va gol urdi!
13. Trentning uzatmasidan so'ng Kilian oldinga o'tdi, uning tepgan to'pi esa juda noaniq ketdi.
8. Braimning havolatib bergan uzatmasini Mbappe darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.
2. Dastlabki daqiqalardanoq bahs qizg'in boshlandi. “Betis” oldinga o'tdi, “Real” ham endi hujumlarini boshlamoqda.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 32-turi doirasidagi “Betis” - “Real Madrid” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



