Saudiya Pro ligasi. Kecha 23-tur bahslariga start berildi

Xayrulla Xoliqov
5 avg 2020
Uzoq davom etgan tanaffusdan so'ng kecha Saudiya Arabistoni milliy chempionati restart oldi.

Ma'lumki, ushbu yurt terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida biz bilan bir guruhdan joy olgan. Shu bois buyog'iga Saudiya Arabistoni chempionatiga ham e'tibor berishimiz lozim bo'ladi. 

Kecha 23-turning 5ta o'yini o'tkazildi va unda quyidagi natijalar qayd etildi. 

"Al Fateh" - "Al Feyha" 2:0

"Abha" - "Al Ittihod" 2:1

"Al Raed" - "Damak" 3:0

"Al Faysali" - "Al Taavon" 2:1

"Al Ahli" - "Al Hazm" 4:2


Bugun o'tkaziladigan o'yinlar:

"Al Adalah" - "Al Ittifoq"

"Al Vahda" - "Al Shabab"

"Al Nasr" - "Al Hilol"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia