Saudiya Arabistoni klublarining yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
17 dek 2023
Misrlik hujumchi Muhammad Saloh yozda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi mumkin.

Uning uchun saudiyaliklar ingliz jamoasiga 200 million funt to'lashga tayyor. Saloh Saudiya Arabistonidagi bir necha klublarining yozdagi asosiy transfer maqsadi ekanligi ma'lum qilindi.

31 yoshli futbolchi liga uchun “Al Nassr”ga o'tgan Krishtianu Ronaldudan ham muhimroq transfer hisoblanadi. Sababi Saloh arab dunyosida juda mashhur.

Joriy mavsum Saloh APL bahslarida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sports.ru