Saudiya Arabistoni sukut saqlamagani uchun uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2017, 10:44
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Avstraliyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida sodir bo'lgan voqea uchun uzr so'radi.

Saudiya Arabistoni futbolchilari Londondagi terakt qurbonlari uchun bir daqiqalik sukutga saflanishmadi.

"Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi chuqur taassufda va Adelaidada Avstraliyaga qarshi jahon chempionati saralash bahsida 2017 yil 3 iyun kuni Londonda sodir bo'lgan terroristik hujumda halok bo'lganlar uchun saqlangan bir daqiqalik sukutda Saudiya Arabistoni ishtirok etmagani uchun chin dildan uzr so'raydi. Futbolchilar halok bo'lganlar xotirasi, oilasi, do'stlari xotirasi va shikastlanganlarni haqorat qilmoqchi emas edi. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi barcha terroristik va ekstremestik aktlarni qoralaydi va ushbu tragediyada halok bo'lganlar oilasiga va Birlashgan Qirollik xalqiga hamdarlik bildiradi" - deyiladi Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy bayonotida.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com