Saudiya Arabistoni chempionati. Bugun "Al Nassr" safarda "Al Faysali" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2021
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 2-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Bugun o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov faoliyat olib borayotgan "Al Nassr" klubi 2-tur uchrashuvini safarda "Al Faysali" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:50da boshlanadi. Masharipov ilk turda maydonga tushib bitta golli uzatmani amalga oshirgan edi, jamoasi esa 4:1 hisobida g'alabaga erishgan edi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia