Saudiya Arabistoni chempionati. "Al Nassr" raqibini ishonchli hisobda taslim etdi. Masharipov 73 daqiqa o'ynadi, Ronaldu esa diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yubordi

Alisher Ostonov
6 yanv 2023
Saudiya Arabistoni Premer-ligasi 12-tur doirasidagi "Al Nassr" - "Al Tai" o'yini bo'lib o'tdi.

Bugungi o'yinni "Al-Nassr" yangi o'yinchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciya sabab o'tkazib yubordi. 37 yoshli hujumchi Angliya futbol associaciyasi tomonidan qo'yilgan ikkita taqiqni o'tkazishi kerak.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov esa o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 73-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berdi.

Bahs esa Taliskaning dubli evaziga mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Qayd etish kerakki, o'yinchining ikkinchi goliga darvozabon David Ospina assistentlik qildi.


"Al-Nassr" - "Al Tai"

Gollar: Taliska (42, 47).


SAUDIYA ARABISTONI CHEMPIONATI TURNIR JADVALI



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia