Satton: "Nega futbolchilar Kepani maydondan olib chiqib tashlashmadi?!"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2019, 13:12
"Chelsi" sobiq hujumchisi Kris Satton londonliklar posboni Kepa Arrisabalaganing "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi finalidagi ishi haqida fikr bildirdi.

Kepa "Chelsi"ni butun dunyoga sharmanda qildi

"Kepa "Chelsi" safida boshqa maydonga tushmasligi kerak. Ushbu uchrashuv u uchun ko'klar safidagi so'nggi bahs bo'lishi lozim. Bu sharmandalik! Bunaqasini hech qayerda va hech qachon ko'rmaganman.

Agar Sarri o'rnida bo'lganimda, murabbiylik joyini tark etardim. Nega futbolchilar Kepani maydondan olib chiqib tashlashmadi?! "Chelsi" Sarridan emas, Kepadan qutilishi kerak" - deydi Satton.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC