Sarri futbolchilar Mozes va Drinkuoterning maydonga tushmayotgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
4 noya 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri futbolchilari Viktor Mozes hamda Denni Drinkuoterning maydonga tushmayotgani sababini aytdi.

"Holat shunday. Drinkuoter mening yarim himoyaviy o'yinim tizimiga mos tushmayapti. Ikki oy oldin men unga o'z g'oyalarim qanday ekanligini aytganman.

Mozes esa ko'proq vinger yoki himoyachi bo'lishi mumkin. Menga esa hujumkorroq futbolchilar kerak.

Ularning kelajagi? Bilmayman. Ular raqobat qilishi va o'z xarakterini o'zgartirishi kerak", - dedi Sarri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal