Sardor Rashidovning 90-daqiqada kiritgan goli “Al-Jaish”ni Qatar Kubogi finaliga olib chiqdi

Narzulla Saydullayev
22 apr 2017, 07:20
Qatar Kubogi yarim finalida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi to'p surayotgan “Al-Jaish” jamoasi safarda mamlakat chempioni – “Lahviya” bilan o'zaro bahs olib bordi.

Qatar Kubogi yarim finalida O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi to'p surayotgan “Al-Jaish” jamoasi safarda mamlakat chempioni – “Lahviya” bilan o'zaro bahs olib bordi.



Sardor Rashidov jamoadoshlari bilan muvaffaqiyatni nishonlamoqda


“Al-Sadd”ga tegishli Jassim Bin Hamad Stadium maydonida kechgan gollarga boy o'yinda “Al-Jaish” 3:2 hisobida g'alaba qozondi. O'yin yakunida o'zbekistonlik futbolchining goli jamoasiga muhim g'alaba va final yo'llanmasini taqdim qildi.

Mazkur uchrashuvda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Rashidov pul mukofoti bilan taqdirlandi. Qayd etish kerakki, “Al-Jaish” Qatar Kubogi mukofotining amaldagi sohibi sanaladi.



Sardor Rashidov “Lahviya” – “Al-Jaish” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi


Qatar Kubogi–2017
Jassim Bin Hamad Stadium
21 aprel, juma

“Lahviya” – “Al-Jaish” 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: I.Muhammad (51), Da Silva (77) – Seydu Keyta (24), Romarino (49), Sardor Rashidov (90).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com