

"To'g'risi, o'yin juda qiyin o'tdi. Buni tan olishimiz lozim. Faqatgina natija borasida ushbu o'yinda g'alaba qozondik. Balki, "Istiqlol"ga qarshi o'yin charchoq alomatlari sezilgandir. Shaxsan, o'zimda shunaqa bo'ldi.
Omad biz tomonda ekan, g'alaba qozona oldik. Asosiysi natija, nasib qilsa keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", - deydi Sardor Mirzaev "Nasaf"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng.



