Sardor Eminov: "Har bir tur qiziqarli va og'ir o'tadi"

Narzulla Saydullayev
16 fev 2015
Mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan "Qo'qon-1912" jamoasi tarkibini kuchaytirishga katta e'tibor bergan.
Xususan qo'qonliklar "So'g'diyona"dan taklif  qilingan Sardor Eminov bilan shartnoma imzoladi.

Eminov "Futbol Ekspress" gazetasiga "Qo'qon-1912"ning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida aytib o'tdi.

"Maqsadimiz bitta: yani oliy ligada jon saqlab qolishdan iborat. Joriy yildan ishtirokchilar soni oshgan. Bu har bir turni yanada qiziqarli va og'ir o'tishini anglatadi. Nasib qilsa, joriy mavsumda jamoamiz bilan kuchlilar orasida qolamiz va muxlislarni quvontiradigan darajada futbol namoish etamiz", - deydi Sardor Eminov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia