Sardor Azimov va Dilshod Hamroev “So'g'diyona”da

Narzulla Saydullayev
1 fev 2018
Avval xabar berganimizdek, “So'g'diyona” jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o'z mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

Jamoa murabbiylar shtabi selekciya ishlarini davom ettirib, tarkibga yangi futbolchilarni jalb etishda davom etmoqda.

 Jamoa mashg'ulotlariga  Mansur Saidov va Sherzod Hakimovlar kelib qo'shilgani xabar bergan edik. Jamoa lageriga o'tgan mavsumda "Navbahor” safida to'p surgan Sardor Azimov va U-23 milliy terma jamoa safida Osiyo chempioni nomiga sazovor bo'lgan posbon Dilshod Xamroevlar kelib qo'shildi. Ular bugun “Buxoro” ga qarshi bahsda jamoamiz safida harakat qilishadi.

Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona” bugun “Buxoro” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yin soat 11:00 da "Bunyodkor" akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати