Sardor Azimov: “Farg'ona Hokimi kubogida g'oliblik uchun kurashamiz”

Alisher
22 yanv 2022, 18:40
“Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” (2:1) o'rtasida kechgan nazorat uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar yarim himoyachisi Sardor Azimov fikrlariga quloq tutdik.

- Bugungi o'yindan keyingi fikrlaringiz qanday?

 - O'yin yaxshi bo'ldi. Bu bizning Toshkentdagi ikkinchi nazorat uchrashuvimiz bo'ladi. Bu o'yinlar orqali futbolchilar sekin-asta optimal formasiga kirib bormoqda. O'yindan keyin bir necha kunga dam beriladi. Nasib qilsa, Farg'ona kubogida ishtirok etamiz. 

- Tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda?

- Mashg'ulotlarimiz bosh murabbiyning rejasidek ketmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Tarkibda yo'qotishlar bo'lyapti. Deylik, jarohatlar va kasal bo'lganlar bo'lib turibdi. Shunga qaramay, tayyorgarlik jarayoni yaxshi davom etmoqda. 

- Rahbariyat jamoa oldiga qanday maqsadlarni qo'ydi?

- Hali bu borada gaplashilgani yo'q. Chunki tarkibda bir nechta futbolchilarimizda biz bilan birga emas. Tarkibimiz to'liq bo'lganidan so'ng barchasi gaplashiladi va maqsadlar qo'yiladi. 

- Yaqinda Farg'ona Hokimi kubogi boshlanadi. Unda asosiy maqsad nima?

- Albatta, chempionlik.


FOTO  2ta penalti, 3ta gol va kutilmagan mehmon. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" bahsidan GALEREYA

VIDEO  "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi nazorat o'yinidan videolavha 

Nazorat o'yini. "Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia