Saratonni enggan "Atletik" futbolchisi doping tufayli diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025
Bilbaoning "Atletik" klubi himoyachisi Yeray Alvares antidoping qoidalarini buzgani uchun chetlashtirildi, deb xabar berdi Mundo Deportivo.

Manbaga ko'ra, namuna Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi yarim finali birinchi o'yinidan so'ng olingan.

30 yoshli Alvares o'tgan mavsum "Atletik" safida 29 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgandi.

Ma'lumki, 2016 yilda Alvaresda saraton kasalligi aniqlangan, ammo operaciyadan so'ng maydonga qaytishga muvaffaq bo'lgandi. 2017 yilda u kimyoterapiya ham olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo