

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Vest Xem" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bakari Sanyaning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2016/17 mavsum oxirida yakuniga etadi, "Siti" rahbariyati esa yangi bitim taklif qilmoqchi emas. "Bolg'aurarlar" bu imkoniyatdan foydalanib, fransiyalikni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Joriy mavsumda Sanya APLning 13 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli pas berdi.


