Agent: “PSJ Maneni qo'lga kiritish uchun tish-tirnog'i bilan harakat qildi”

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2022
“Bavariya” vingeri Sadio Manening agenti Bakari Sisse mijoziga PSJ tomonidan ham qiziqish bo'lganini aytdi.

“Ha, PSJ haqiqatan ham Sadioni qo'lga kiritishni juda xohladi. Leonardo bilan bir necha marta uchrashuvlar bo'ldi, ular ko'rishishdi, Sadioni PSJga olib kelish uchun barcha nozik jihatlarni muhokama qilishdi, ammo shu bilan barchasi yakunlandi. Buni hamma ko'rib turibdi. Leonardoning kursisi qimirlab qolgandi, shu tufayli kutishimizga to'g'ri keldi”, deydi agent.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport