"Santos" "Milan"dan Robinoning transfer huquqini to'liq sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 may 2015
"Santos" vakillari Milanda hujumchi Robino borasida muzokara o'tkazishmoqda.

Futbolchining "Milan" bilan shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan va 31 yoshli futbolchining 40 foiz maoshini rossonerlar to'laydi. Braziliyalik 2014 yilning avgustidan beri ijarada to'p tepmoqda.

"Santos" hujumchining transferini to'liq sotib olishni niyat qilgan. Braziliya klubi Robino o'rniga 18 yoshli Gabriel Barbosani bermoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com