

Shoahmedov "Al Sayliya"dan ketganidan so'ng erkin agentga aylangan. Ayni damda futbolchi sobiq jamoasi Toshkentning "Lokomotiv" tarkibida mashg'ulot o'tkazmoqda. Bundan avval Sanjar Shoahmedov o'z intervyusida bir qator arab klublaridan takliflar borligini bildirib o'tgandi. Tajribali yarim himoyachi ikkinchi davrada "temiryo'lchilar" tarkibida to'p tepishi ma'lum emas.




