Sane Kompani haqida: "Siti"da birga o'ynaganimizda bir kun sening murabbiying bo'laman degandi. Afsuski, bu ro'y berdi"

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2024
Leroy Sane Vensan Kompani "Bavariya" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirib o'tdi.

"Biz u bilan birga "Siti"da o'ynaganimizda menga - "bir kun kelib sening murabbiying bo'laman", deb aytgandi. Men esa unga shunday javob bergandim: "Bunday bo'lmaydi!" Hozir esa bu ro'y berdi, afsuski (kuladi). Yo'q, hazillashdim. U bizning yangi murabbiyimiz bo'lganidan mamnunman.

Vensan o'yinchi sifatida mutlaq yetakchi edi. U oldinga intilishni xohlaydigan, tezlik va o'yinni boshqarishni yaxshi ko'radiganlardan hisoblanadi. O'yinchi sifatida u jamoadoshlaridan doim shu narsalarni kutardi. Agar u shu narsalarni "Bavariya"ga ham olib kela bilsa, bu juda yoqimli bo'lardi", - dedi Myunxen klubi vingeri.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysport.de