Sane: "Gvardiola menga Messi va Neymar kabi o'ynab ko'rishni aytmoqda"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2017, 15:49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo'l ostida ishlash haqida gapirib berdi.

"Gvardiola menga yordam berishi mumkin, chunki u Messi qanday o'ynashi, shug'ullanishini biladi. Menga ishonch berish uchun u shunday deydi: "Buni Messi va Neymar bajarganidek takrorlab ko'r".

APLga o'tganimdan so'ng biroz havotirlandim, chunki bu yangi jamoa, yangi mamlakat, chempionat haqida hech narsa bilmaysan. Ammo Gvardiola menga "Shalke"dagidek o'ynashim mumkinligini aytgan" - deydi Sane.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal