Sane bilan shartnomani uzaytirish – "Bavariya"ning ustuvor vazifalaridan biri

Sherzod Nurmatov
14 okt 2023
Myunxen klubi futbolchining o'yinidan mamnun.

"Bavariya" Leroy Sane bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

27 yoshli yarim himoyachi bilan yangi shartnoma imzolash Myunxen klubining yaqin oylardagi ustuvor vazifalaridan biri, deya xabar berdi insayder Fabricio Romano.

Sanening o'zi "Bavariya"da hammasidan mamnun, uning oilasi ham Myunxenda o'zini baxtli his qilmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida tugaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano