

"Sky Sport Italia" ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl" huquqshunoslari Italiya futboli rahbarlari bilan futbolchining diskvalifikaciyasini qisqartirish borasida kelishuvga erishgan.
FIFA qoidalariga ko'ra, futbolchi aslida 3 yilga futboldan chetlatilishi kerak edi. Biroq tomonlar 10 oylik cheklov borasida kelishib olishdi. Chunki futbolchi tergovlar davomida "Milan"da o'ynab yurganida stavkalarda qatnashganini tan olgan va taftish ishlariga doimiy yordam bergan.
Yaqin 2 kun ichida Italiya FF tomonidan futbolchining 10 oyga futboldan chetlatilgani borasida ma'lumot e'lon qilinadi. Shu orqali u Italiya Evro-2024ga yo'l olgan taqdirda, ushbu turnirda ishtirok eta olmaydi.


