Sandro Rosel: “Boshqa Messini topib bo'lmaydi. Usiz “Barsa”ga qiyin bo'ladi”

3 iyul 2020, 23:29
“Barselona”ning sobiq prezidenti Sandro Rosel Messining “Barselona”dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

Messisiz “Barsa”ga qiyin bo'lishi aniq. Barcha g'oyalarni o'zgartirishga to'g'ri keladi: o'yin uslubi, klubning ichki yo'nalishi va mareting sohalarini.

O'ylashimcha, u hali uzoq yillar klubda qoladi. Agar u ketsa, Leoning o'rnini bosadigan futbolchini topib bo'lmaydi, chunki Messi bu Messi. U qilgan ishni boshqa bir futbolchi kelib, amalga oshirish amri mahol”, deydi Rosel.


Manba: ESPN