Sanat Sharipov Turg'unboev masalasi haqida: "Klublarda reglamentni tushunadiganlar ishlashi kerak"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019
O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov maslahatchisi Sanat Sharipov katta mojaroga sabab bo'lgan Aziz Turg'unboev masalasi bo'yicha fikr bildirdi.

"Turg'unboev masalasi bo'yicha yig'ilishda birinchi marta ishtirok etdim. Avvalgilarini bilmadim-ku, lekin bunaqasi bo'lmaganov. Xulosam - klublarda reglamentni tushunadiganlar ishlashi kerak. Lavozimi kattayu, ammo futbol qonunchiligini bilmaydiganlarni boshqaruvda ishlashi..." - deb yozdi Sanat Sharipov o'zining "tvitter"dagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Aziz Turg'unboev masalasi bo'yicha yakuniy qaror 5 fevral kuni e'lon qilinishi aytilgan edi.

Aziz Turg'unboevning transferi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi FOTO


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/SanatSharipov