San-Marino termasi futbolchisi Yevropada rekord qo'ydi

Mirjalol Normatov
25 mar 2023
San-Marino termasi Evro-2024 saralashida Shimoliy Irlandiyaga mag'lub bo'ldi.

Ushbu uchrashuvda mezbonlar tarkibida markaziy himoyachi Roberto Di Mayo ham harakat qildi. Shu orqali u 40 yosh 183 kunligida o'z debyutini nishonladi. Bu esa Yevropa miqyosida eng qari debyut hisoblanadi. 

Di Mayo butun faoliyatini Italiyaning quyi ligalarida o'tkazgan. Uning eng mashhur klubi "Lechche" hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal