"Sampdoriya" Miranchuk uchun kurashga qo'shildi

Alisher
12 yanv 2022
"Atalanta"ning rossiyalik xavbeki Aleksey Miranchuk faoliyatini "Sampdoriya"da davom ettirishi mumkin.

Genuya klubi 26 yoshli rossiyalik futbolchini Bergamo klubidan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi va bitimga xarid qilish huquqini qo'shmoqchi.

"Atalanta" Miranchukning sotuvidan 15 mln evro ishlab olmoqchi.

Miranchuk "Atalanta"ga 2020 yilning sentyabrida "Lokomotiv" (Moskva)dan o'tgan edi. U joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: TuttoAtalanta