Samolyot nosozligi "Real"ga pand berdi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2024
"Real"ning rejalari samolyot nosozligi tufayli o'zgarib ketdi.

Jamoaning Dohaga reysi uchoqdagi muammolar tufayli 3 soatga qoldirildi. Ular boshqa samolyotda uchishga qaror qilishdi.

Madridliklar FIFA Qitalararo Kubogining finalida Meksikaning "Pachuka" klubi bilan o'ynaydi. Bahs chorshanba kuni o'tkaziladi.

Yangi reja bo'yicha jamoa Qatarga bugun tunda qo'nadi. Madrid jamoasi final bo'ladigan "Lusayl"dan 18 km. uzoqda joylashgan mehmonxonada qo'nim topadi.

Ertaga ikkala jamoa ishtirokida matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.

Ayni damdagi reja bo'yicha Madrid klubi finaldan so'ng payshanba tongida uyga uchib ketmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As