Samir Nasri: Fransiya terma jamoasida baxtsizman, shu bois boshqa bu erga kelmayman

Narzulla Saydullayev
10 avg 2014
Manchester Siti yarim himoyachisi Samir Nasri Fransiya terma jamoasidan ketish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Desham Fransiya terma jamoasida ishlar ekan men u erga bormasligim aniq.

Evro-2016 vaqtida 29 yoshda bo'laman, ammo Fransiya meni baxtsiz qilmoqda. Har safar u erga borganimda o'zimni yanada yomon his qilaman.

Meni ayblashmoqda, oilam bundan aziyat chekmoqda shu bois e'tiborimni klubdagi faoliyatimga qaratmoqchiman.

Gap Deshamda emas. Uni tushunaman, qanday to'g'ri bo'lsa shunday qildi.

Men baxtsizman. Boshqa Fransiya terma jamoasiga qaytmayman, – deydi Nasri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru