Samarqandda futbol murabbiylari uchun tayyorlov kurslari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2016
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun besh kunlik o'quv-kurslarini tashkil etadi.

Samarqand viloyati futbol federatsiyaisi bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan seminarlar 27 iyul kuni boshlanadi va 31 iyul kuni kursning so'nggi mashg'ulotlari o'tkaziladi.

O'quv-seminar mashg'ulotlarini O'zbekiston Futbol Federatsiyaisi bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol bo'limi boshlig'i, instruktor - Shavkat Imomov tomonidan olib boriladi.

Ushbu tayyorgarlik kurslarida qatnashgan futbol murabbiylari, keyinchalik Osiyo Futbol Konfederatsiyasining “S” toifali sertifikati uchun o'qish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

Takidlash kerakki, bunday tayyorgarlik kurslari mumtazam ravishda mamlakatning barcha viloyatlarida o'tkazilib kelinmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com