Saloh Tokio Olimpiadasida qatnashishi mumkin

Eldor Akmurzayev
24 noya 2020
Misr OTJ ustozi Shavqi G'arib “Liverpul” forvardi Muhammad Salohni Tokio Olimpadasiga olib ketishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, terma jamoadan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rin olishi lozim, ammo har bir ishtirokchi o'z safini belgilangandan yoshdan kattaroq uch futbolchi bilan to'ldirishi mumkin.

“Liverpul” bilan mart oyida gaplashamiz. Bu haqda o'yinchining o'zi bilan muhokama qilmadik. Biroq, agar “Liverpul” rozilik bermasa, Salohni chaqira olmaymiz”, deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasi keyingi yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar o'tkaziladi. Saloh London-2012 Olimpiadasida qatnashib, 3 ta gol urgan va jamoasining chorak finalgacha chiqishiga yordam bergandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Inside the Games