Saloh, Rafinya, Yamal va "Bavariya" yulduzi: Yevropaning mavsum boshidagi eng kreativ futbolchilari

Sherzod Nurmatov
26 sen 2025
"Bavariya" vingeri Maykl Olise joriy mavsum 33 ta ehtimoliy golli vaziyatlar yaratdi.

"WhoScored" talqiniga ko'ra, bu mavsum boshidan buyon barcha futbolchilar orasida eng yuqori ko'rsatkichdir.

Fransiyalik futbolchidan keyin Muhammad Saloh va Rafinya bormoqda. "Liverpul" va "Barselona" yulduzlarining har biri 30 tadan vaziyat yaratdi.

Kuchli uchlikka eng yaqin turgan futbolchi 29 ta imkoniyat bilan Lamin Yamaldir. Kuchli beshlikka "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer 24 vaziyat bilan yakun yasadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: WhoScored