"1 foiz ehtimol, 99 foiz ishonch" - Rafinya "Atletiko"ga qarshi mo'jizaviy kambekka ishonmoqda

Aslanov Jasurbek
3 mar 2026
"Barselona" klubi vingeri Rafinya Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi kechadigan muhim javob uchrashuvi oldidan ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi.

Mo'jiza ro'y beradimi?

Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi dastlabki bahsda madridliklar 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishgan edi. Bugun, 3 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadigan hal qiluvchi javob o'yini oldidan braziliyalik futbolchi o'zining sahifasida quyidagicha qisqa va ta’sirli post qoldirdi:

"1 foiz ehtimollik, 99 foiz ishonch. Biz sizlarga suyanamiz".

Ko'rinishidan, kataloniyaliklar o'z maydonida aql bovar qilmas kambekni amalga oshirishga va final yo'llanmasini ilib ketishga jiddiy ishonmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.instagram.com/p/DVZOBivAPrY/?hl=en