Saloh: "Hech qachon "Liverpul"ga qaytishdan bunchalik qo'rqaman deb o'ylamagandim. Dioguning yo'qligiga ko'nikish nihoyatda qiyin"

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2025, 19:21
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ukasi Andre Silva bilan avtohalokatda vafot etgan jamoadoshi Diogu Jota haqida gapirdi.

"Gapirishga til ojiz. Kechagi kungacha tanaffusdan keyin "Liverpul"ga qaytishdan qo'rqaman deb o'ylamagandim. Jamoadoshlar kelib-ketadi, lekin bunday emas. Qaytganimizda Diogu u yerda bo'lmasligiga ko'nikish nihoyatda qiyin bo'ladi.

Rafiqasi, bolalari va albatta farzandlaridan ayrilgan ota-onasi bilan doim birgaman. Diogu va uning ukasi Andrega yaqin bo'lganlarning barchasi qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Ularni hech qachon unutishmaydi", – dedi misrlik futbolchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC