Saloh: "APLda "Tottenxem"dan yuqoriroq o'rinni egalladik, ammo bu hozir ahamiyatga ega emas"

Aslanov Jasurbek
29 may 2019
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"O'tgan yili finalda mag'lub bo'ldik, ammo bu safar aksincha bo'lishiga umid qilyapmiz. Bahs qiyin bo'ladi, Premer-ligada "Tottenxem" bilan to'qnash keldik va natijada ulardan yuqori o'rinni egalladik. Biroq hozir bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Final - alohida o'yin va unda g'alaba qozonmoqchimiz" - deydi Saloh.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports